Standart.uz — O'zbekiston milliy standartlari (O'zMSt, O'z DSt, KMK, SanPiN, MTR, UsK) katalogi va AI yordamida texnik topshiriq (ТЗ) yozish platformasi. Katalogdan standartlarni qidirib toping, matnini o'qing va loyihangiz uchun ТЗ yarating.
Yordam va qo'llanma
"AI — ТЗ yozish" bo'limiga o'ting, loyihangizni tasvirlab bering va qo'shimcha ma'lumotlarni kiriting. AI tegishli standartlarni avtomatik topib, ulardan foydalanib to'liq texnik topshiriq yozib beradi. Qancha batafsil ma'lumot bersangiz, ТЗ shuncha aniq chiqadi.
Tizimda 6 turdagi normativ hujjat mavjud: O'zMSt (milliy standartlar), O'z DSt (davlat standartlari), KMK (qurilish me'yorlari va qoidalari), MTR (metodik tavsiyalar), SanPiN (sanitariya qoidalari va normalar), UsK (uslubiy ko'rsatmalar).
Standart sahifasiga o'ting va yuqori o'ng burchakdagi "⬇ PDF yuklab olish" tugmasini bosing. PDF O'zbek va Rus tillarida mavjud bo'lsa, ikkalasini ham yuklab olishingiz mumkin.
AI tegishli standartlarni qidirib, tahlil qilib, to'liq ТЗ matnini yozadi. Bu jarayon odatda 20–30 daqiqa davom etadi. Sahifani yopmasdan kuting.
ТЗ yaratilgandan so'ng matnni clipboard ga nusxa olishingiz ("Nusxa olish") yoki brauzer orqali PDF sifatida chop etishingiz ("PDF ga chiqarish") mumkin.
"Standartlar katalogi" bo'limida standart raqami (masalan: KMK 2.01.03), nomi yoki kalit so'z bo'yicha qidirishingiz mumkin. Tur (O'zMSt, KMK va h.k.) va yil bo'yicha filtrlash ham mavjud.
Barcha standart ma'lumotlari O'zbekiston Standartlashtirish agentligining rasmiy bazasidan (stt2.unicon.uz) avtomatik ravishda yangilanib turadi. Bazada hozirda 850 dan ortiq normativ hujjat mavjud.
Hozirda ТЗ faqat Rus tilida yaratiladi. Normativ standartlar bazasi asosan rus tilidagi matnlarga asoslangani uchun natija sifati ushbu tilda yuqori.
Yuqoridagi "Murojaat yuborish" tugmasini bosing yoki tizim ma'muri bilan bog'laning. Texnik muammolar, yangi standart qo'shish yoki boshqa takliflar uchun murojaat qilishingiz mumkin.